«Sony»ning yangi ikkitalik kamerasi mutlaq qorong‘ulikda ham suratga olishga qodir
«Sony» kompaniyasi Barselonada bo‘lib o‘tayotgan «MWC 2018» ko‘rgazmasida flagman smartfonlar hamda aksessuarlaridan tashqari juda kam yorug‘lik sharoitida ham tasvirga olishga qodir ikkitalik kameraning prototipini taqdi etdi, deb xabar berdi «4PDA».
Bundan tashqari kompaniya «Sony Fusion» texnologiyasi asosida tasvirlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi protsessorni ham namoyish etdi.
«Sony Fusion» bir vaqtning o‘zida ikkita kameradan yetarli darajada yoritilmagan muhitda ham maksimal darajada ranglardan foydalangan holda suratga oladi, shu bilan birga barcha detallarni saqlab qoladi.
Qimmat bo‘lmagan aksariyat mobil sensorlar ISO bilan 6400 tagacha suratga ololadi. «Sony»ning yangi kamerasi esa ISO bo‘yicha 51 200 tagacha suratlarni va 12 800 tagacha videomateriallarni olishga qodir.
Ayni vaqtda ushbu kameralar faqatgina prototip bo‘lganligi uchun ular yaqin orada tijoriy maqsadlarda qo‘llanilishini kutmasa ham bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter