20 yoshli ayolning o‘limi siri ochildi: qotilni «aqlli» soat va smartfon topib berdi
Gretsiyada 11-may kuni 20 yoshli Kerolayn Krauch ismli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketilgandi yozmoqda BBC. Mash’um voqeadan so‘ng uning eri 32 yoshli Babis Anagnostopulos politsiyaga ma’lum qilishicha, uyga uch nafar shaxs o‘g‘rilikka tushgan — taxminan 15 ming yevroni o‘g‘irlashgan, uni bog‘lab qo‘yib, xotinini o‘ldirib ketishgan.
Shundan so‘ng politsiya jinoyatchilarni qidirishni boshladi, hatto ko‘mak berganlarga mukofot ham e’lon qilindi. Oxir-oqibat gumon asli gruziyalik odamga borib taqaldi...
Biroq, tergov davomida marhumaning elektron qurilmalarini «elakdan o‘tkazgan» politsiyachilar er yolg‘on gapirgani va haqiqiy qotil ekanini fosh etishdi. Negaki, er o‘ldi degan vaqtda ayolning «aqlli» soati uning yuragi hali urib turganini qayd etgan. Haqiqat yuzaga chiqishida qotilning smartfoni ham yordam berdi — «jinoyatchilar tomonidan bog‘lab qo‘yilgan er» bu paytda uy bo‘ylab tinmay uyoqdan buyoqqa harakatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter