Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoida buzish bo‘yicha rekord o‘rnatgan qora «Jentra» ushlandi

Qoida buzish bo‘yicha rekord o‘rnatgan qora «Jentra» ushlandi

Toshkent shahrida rekord darajada — 60 dan ortiq qoidabuzarliklarni sodir etgan qora "Jentra" ushlanib, Chorsu jarima maydonchasiga olib kelingan.

Haydovchi ushbu mashina qidiruvda ekani va boshqa qoidabuzarliklarni ham yashirish maqsadida turli usullarni o‘ylab topgan.

"Toshkent" telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda aytilishicha, 6 oktyabr kuni Chilonzor tumanida "Jentra"ning davlat raqami (01 007 SSS) shubha ostiga olingan. Raqam tekshirilganda IIV YHXB ro‘yxatida yo‘qligi aniqlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, mashina old va orqa oynalari qoraytirilgan, haydovchi maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan, shuningdek, miltillovchi chiroqlar va maxsus karnaylar ham aniqlangan.

Tekshiruv-surishtiruv natijalariga ko‘ra, mashina yukxonasidagi bir necha raqamlar ham ushbu avtoulovga tegishli bo‘lib chiqmadi. Aniqlanishicha, mashina haydovchining onasiga tegishli edi va haydovchi jarima va javobgarlikdan qochish maqsadida shunday qochib yurgan.

Haydovchiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan va jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring