Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-maydan kuchga kiradigan yangi yo‘l belgilari bilan tanishing

1-maydan kuchga kiradigan yangi yo‘l belgilari bilan tanishing

Ertaga, 1 maydan boshlab O‘zbekistonda yangi yo‘l harakati qoidalari va shu bilan birga yangi yo‘l belgilari ham kuchga kiradi.

Yangi yo‘l belgilari:

  • 5.15.1 - pullik to‘xtab turish joyi;
  • 5.12.2 - Yerusti avtomobil qo‘yish joyi;
  • 5.15.3 - Yerosti avtomobil qo‘yish joyi;
  • 5.15.4 - Elektrokar qo‘yish joyi;
  • 6.16 - Cho‘milish havzasi;
  • 6.17 - Ichki ishlar bo‘limi;
  • 6.18 - Radio aloqasi;
  • 6.19 - Jome masjidi;
  • 6.20 - Cherkov;
  • 6.21 - Ibodatxona;
  • 6.22 - Temir yo‘l vokzali;
  • 6.23 - Aeroport;
  • 6.24 - Bozor;
  • 6.25 - Turistik axborot markazi;
  • 6.26 - Qo‘riqxona;
  • 6.27 - Manzarali joy;
  • 6.28 - Me’morlik yodgorligi.

Shuningdek, 1 maydan haydovchi va yo‘lovchi uchun kamar taqish majburiy bo‘ladi. Esingizda bo‘lsa, Xabar.uz tahririyati ayni shu masalaga to‘xtalib, kamar taqmaganda kim jazolanishi — haydovchimi yoki yo‘lovchi, degan masalani ko‘tarib chiqqandi. Keyinroq yo‘lovchining o‘zi aybdor bo‘lishi haqida rasmiy izoh berilgan va jarima miqdori ham aytilgandi: bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 qismi, ya’ni hozirgi kunda bu 135 ming so‘m.

Ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi xavfsizlik kamari taqmagani uchun hech qanday javobgarlik yo‘qligi sababli jarimani to‘lamaslikka haqlidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring