Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda voyaga yetmagan bola «Jentra» salonidan 5.300 AQSh dollari va 1 mln so‘mni o‘g‘irladi

Marg‘ilonda voyaga yetmagan bola «Jentra» salonidan 5.300 AQSh dollari va 1 mln so‘mni o‘g‘irladi

8 may kuni Navro‘z MFY hududida yashovchi fuqaro X.S. IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan «Gentra» salonidan 5.300 AQSh dollari va 1.000.000 so‘m pullari o‘g‘irlanganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan P.S. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring