Qohirada turar-joy binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi
27-marta kuni ertalab Misr poytaxti Qohira sharqida 10 qavatli turar-joy binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi, deb xabar berdi Misrning Akhbar El-Yom portali xavfsizlik organlari manbasiga asoslanib.
Shanba kuni fojia oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgani, 23 kishi jarohat olgani haqida xabar bergandik.
Manbaga ko‘ra, qurbonlar soni 25 taga ko‘paygan, 24 kishi jarohat olgan.
Sky News Arabia telekanalining ma’lum qilishicha, binoning dastlabki uch qavatida tikuvchilik fabrikasi va mato ombori joylashgan. Uyda 100 dan ortiq kishi istiqomat qilgan. Qayd etilishicha, fabrikaning ko‘pgina ishchilari ham shu uyda yashashgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qulashdan ikki kun avval binoda yoriq paydo bo‘lgan — bir nechta odam binoni tark etgan, ammo aholining aksariyati qolgan.
Shahar hokimi voqea joyiga yetib kelgan, u qo‘shni binolarning holatini tekshirish, qulab tushishidan qancha zarar ko‘rganligini aniqlash uchun komissiya tuzishni buyurdi. Misr Bosh prokurori voqea sabablarini tezkor tekshirishga topshiriq bergan.
Falokatga uyning egasi noqonuniy tarzda qo‘shimcha ikki qavat qurgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter