Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizini ayiq oldiga tashlagan ayol ko‘rsatma berish qobiliyatiga ega emas deb topildi

Qizini ayiq oldiga tashlagan ayol ko‘rsatma berish qobiliyatiga ega emas deb topildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bolasini ayiq qafasiga tashlagan ayol yuzasidan yana ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolga ko‘zg‘atilgan jinoyat ishi unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasini hal etishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yuborish haqida qaror qabul qilingan.

Sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizalari xulosalariga ko‘ra, ayol umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgani, ruhiy holatidan kelib chiqqan holda, u tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisa joriy yilning yanvar oyida sodir bo‘lgandi. 

Onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlangan qiz esa shifoxonada davolanib, uyiga qaytgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring