Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayiqning quturganligi holati tekshirilmoqda» — Bosh prokuratura

«Ayiqning quturganligi holati tekshirilmoqda» — Bosh prokuratura

Sariosiyoda aholi hayotiga xavf tug‘dirib, IIB xodimini jarohatlagan ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 15 may kuni soat 10:00 larda Sariosiyo tumani «Jannatmakon» mahallasi «Kichik ko‘l» qishlog‘iga noma’lum tomondan qo‘ng‘ir tog‘ ayig‘i kelib aholi orasida vahima uyg‘otgan.

Tuman IIB, tuman obodonlashtirish, ekologiya bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ushbu ayiqni ushlash chorasini ko‘rish vaqtida «Jannatmakon»  mahallasi yoshlar yetakchisi S.Husayinovni sudrab, tuman IIB XPB profilaktika inspektori katta leytenant R.Hasanovga tashlangan va uning o‘ng qo‘li barmoq sohasiga yengil tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, mahallada joylashgan 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi tomonga kirib borayotgan vaqtida maktab qorovuli tomonidan maktab darvozasi yopib qo‘yilgan, shunga qaramasdan ayiq o‘zini darvozaga urib,  maktab binosiga kirmoqchi bo‘lgan.

Maktab o‘quvchilariga va shu yerdagi aholi hayotiga havf tug‘dirishini oldini olish maqsadida tuman IIB hisobida turuvchi ovchilar jalb qilinib, ayiq otib zararsizlantirilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ayiqning quturganligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring