Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda hokim qarori zarur bo‘lmaydi

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda hokim qarori zarur bo‘lmaydi

Foto: Xabar.uz

«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 24.03.2022-y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.

Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.

Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring