Qish yevropaliklarni ayamoqda — Bloomberg
Yanvar oyida kuzatilayotgan anomal iliq harorat Yevropa mamlakatlarini energiya inqirozidan asramoqda, deb yozdi Bloomberg.
Fransiya va Germaniyada hozir havo harorati me’yordagidan bir necha daraja yuqori (iliq), bu esa issiqlik uchun energiya sarfini kamaytirish imkonini berdi.
Shu bilan birga, yomg‘irli-shamolli havo shamol energiyasini ko‘paytirish uchun sharoit tug‘dirmoqda. Shu kabi omillar sababli Yevropada yanvar oyida issiqlik manbaiga talab so‘nggi o‘n yilda o‘rtachadan past bo‘ladi. Biroq, Bloomberg ta’kidlashicha, energiya inqirozi tugadi, deyishga hali erta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter