Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston janubida to‘rt kishi gazdan zaharlanib vafot etdi

Qirg‘iziston janubida to‘rt kishi gazdan zaharlanib vafot etdi

Foto: «N20x.ru»

Qirg‘iziston janubida Sulukta shahri yaqinidagi ko‘mir konida to‘rt kishi gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda chorshanba kuni respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan.

«23-iyun kuni ko‘mir konida gaz chiqa boshlagan. Natijada to‘rt kishi — uchta erkak va bitta ayol halok bo‘ldi», — dedi matbuot xizmati vakili.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruv guruhi kondan to‘rt nafar konchining murdasini olib chiqishgan va Sulukta shahridagi morgga yetkazishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring