Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz deputati va «Salimboy» uchrashuvi: Japarov jiddiy ayblovlarni ilgari surdi

Qirg‘iz deputati va «Salimboy» uchrashuvi: Japarov jiddiy ayblovlarni ilgari surdi

Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyev o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyevdan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyevni hokimiyatdan ketkazishni so‘ragan.

Bu haqda Sadir Japarov «Kabar» agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Menga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Salimboyvachcha nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev bilan uchrashib, «ikki do‘stni» (Japarov va Tashiyev nazarda tutilmoqda) yo‘q qilishga yordam berishni so‘ragan» - dedi Qirg‘iziston rahbari.

OAV xabarlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda Japarovning o‘zini va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Tashiyevni «ikki do‘st» deb atash odat tusiga kirgan.

Jamg‘irchiyev shuningdek, respublikaning O‘zbekiston bilan chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlik va qalloblikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Salim Abduvaliyev ham o‘tgan yili dekabrda qo‘lga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring