Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi mashina qaynukaning uyidan topildi

Qidiruvdagi mashina qaynukaning uyidan topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo  sudining 01.02.2024 yildagi ajrimiga asosan qarzdor G.X.ning boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini xatlash belgilangan.

Sabab shundaki, u «Kapitalbank» ATBdan kredit olgan va uni o‘z muddatida qaytarmagan. Shu sababli, kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish belgilangan.

Ushbu ijro xujjati Byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga 02.02.2024 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida, mazkur avtotransport vositasiga taqiq o‘rnatilgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib o‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘qligi aniqlangach, qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasiga ko‘ra, ushbu avtomashina 07.03.2024 yilda qarzdorning qaynukasi uyiga yashirilgani aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan xatlangan va saqlash uchun Byuroning Muborak tuman bo‘limiga olib ketilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring