Qibray hokimining birdaniga 5 nafar o‘rinbosari yangilandi
Toshkent viloyatining Qibray tumani hokimiga 5 nafar o‘rinbosar tayinlandi.
Hamidov Kamoliddin Mahmudovich tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Boymatov Farhod Odiljonovich tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Naipova Rahima Ma’murjon qizi tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, Xoliqov Farhod Xudoyberganovich tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga hamda Hoshimov Akmalxo‘ja Isroil o‘g‘li esa tuman hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimi o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislarini vazifasidan ozod qilib, kadrlar bilan ishlashning «Qibray tajribasi» joriy qilinishini aytgangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter