Prezident qator takliflarni ilgari surdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvida so‘zga chiqib, qator takliflarni ilgari surdi.
Jumladan:
- tovarlarni yetkazib berishning yagona qoidalari va soddalashtirilgan tartib-qoidalariga ega bo‘lgan chegara savdo zonalari tizimini yaratish;
- har yili Markaziy Osiyo mintaqalari forumi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;
- Hindiston, Pokiston va Xitoy bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo‘laklarini ilgari surish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish;
- aholini keng nomenklaturadagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashning kompleks sxemasini birgalikda ishlab chiqish;
- Markaziy Osiyo madaniyat, san’at va kino festivalini mamlakatlarimizda navbatma-navbat o‘tkazish;
- o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tashkil etish;
- yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomani tayyorlash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter