Prezident yangi qonunni imzoladi
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–646, 09.11.2020-y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonun bilan 10 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi.
Xususan, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish kiritilib, tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilinib, tekshirish talabi Soliq kodeksiga moslashtirildi.
Endi tadbirkorlarni tekshirish «xavfni tahlil etish» tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.
Bundan buyon soliqlarning kameral tekshiruvidan boshqa barcha tekshirishlar elektron tizimda ro‘yxatga olinadi.
▪️ Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmasdan o‘tkazilgan tekshiruvlar qonunga xilofdir.
▪️ O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter