Qator xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga kelganlar karantinga olinmaydi (yangi tartib)

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 15 iyundan qator xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga aviaqatnovlar qayta tiklanadi.
Yangi tartibga ko‘ra:
- sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar KARANTIN NAZORATIGA OLINMAYDI;
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida UY KARANTINI nazoratiga olinadi;
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reyslar — evakuatsiya reyslari) — qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida KARANTIN nazoratida SAQLANADI.
Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bo‘lgan, shuningdek, og‘ir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun aviabiletlar realizatsiya qilinmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter