Qatar tarixida birinchi marta parlamentga saylov o‘tkazilmoqda
Qatarda bugun, 2-oktyabr kuni mamlakat tarixida birinchi marta parlamentga saylov o‘tkazilmoqda.
Saylov yakunida parlamentning 30 nafar a’zosi saylanadi, Kengashning yana 15 nafar a’zosi esa mamlakatni boshqarayotgan amir tomonidan tayinlanadi, deyiladi «Reuters» xabarida.
Qatar parlamenti (Kengash) qonun chiqarish, umumdavlat siyosati va budjetni tasdiqlash kabi vakolatlarga ega.
Biroq Kengash mudofaa, xavfsizlik, iqtisodiyot va investitsiyalar kabi tizimlarni nazorat qiluvchi ijroiya hokimiyati organlariga ta’sir kuchiga ega emas.
Qatardagi parlament saylovi mamlakatdagi 30 okrugda bo‘lib o‘tyapti, 183 nafar nomzodning 18 nafari — ayollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter