Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar parlamentiga bironta ayol saylanmadi

Qatar parlamentiga bironta ayol saylanmadi

Foto: «Reuters»

Qatar tarixida birinchi marta parlamentga (Majlis ash-Sho‘ro) saylov o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Majlis ash-Sho‘roning 45 a’zosidan 30 nafari saylovchilar tomonidan saylandi (qolgan 15 nafari monarx tomonidan tayinlanadi).

Kuzatuv komissiyasi raisi Majid al-Xulayfiyning ma’lum qilishicha, 30 o‘rin uchun kurashayotgan 233 nafar nomzodning 26 nafari ayollar edi va ulardan birontasi yetarlicha ovoz to‘play olmadi.

Qatarlik saylovchilarning 63,5 foizi ushbu tarixiy tadbirda ovoz bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring