Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi zavod ishchilari noroziligining asosiy sababi ma’lum qilindi

Qashqadaryodagi zavod ishchilari noroziligining asosiy sababi ma’lum qilindi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi GTL kompaniyasining qurilish maydonchalaridan birida yuz bergan norozilikda ishtirok etgan ishchilar e’tirozlarini bayon qilishdi. Barcha muammolar hal qilinadi, deyiladi Energetika vazirligi axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, ishchilarning qator chiqishlarida bildirilishicha, ularni tashvishga solayotgan asosiy muammo pandemiya paytida 40-45 kun davomida ob’yektdan chiqmay ishlash tartibi o‘rnatilib, bu o‘z navbatida ularning yaqinlari bilan ko‘p vaqt ko‘rishmasligiga olib kelganidir. Ular qat’iy karantin chora-tadbirlarining bekor qilinishi, ya’ni vaxta usulida ishlash tartibi – ob’yektda 22 kun ishlash va 8 kun dam olishga o‘tkazilishini so‘rashgan. 

Ishchilar tomonidan shuningdek hal etilishi kerak bo‘lgan muammolardan yana biri – oshxonadagi uzun navbat, sifatli ovqatlanish masalalari ham ko‘tarilgan.

Qashqadaryo viloyati xokimi tomonidan barcha sanitariya va epidemiologiya choralariga rioya qilgan hamda PSR tahlilini o‘z vaqtida topshirgan holda qat’iy karantin choralarining bekor qilinishi ma’qullangan.

«Rahbariyat vakillari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va qator OAVlardagi muhokama chog‘ida urg‘u berilgan xodimlarning oylik maoshi o‘z vaqtida to‘lab berilgan. Ishchilar tomonidan mehnat shartnomasining bu bandi buzilganligi tasdiqlanmadi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ishchilarda yig‘ilib qolgan noroziliklarni o‘rganish va ularni hal etish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ularning tarkibiga Qashqadaryo viloyati hokimiyati, «ENTER Engineering» kompaniyasi kasaba uyushmasi, Energetika vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ vakillari kiradi. Doimiy ravishda nizoli masalalarni o‘rganish uchun 3-4 ta shunday ishchi guruhi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring