Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi bolalar tibbiyot markazini suvaraklar bosdi

Qashqadaryodagi bolalar tibbiyot markazini suvaraklar bosdi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gastroenterologiya bo‘limi xonalarida suvaraklar yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat SSB ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, video tarqalgach mas’ullar 15 avgust kuni viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga borib, dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirini amalga oshirgan.

Mazkur holat markaz xodimlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib, bo‘limlarda sanitariya qoidalari asosida ish yuritish borasida nazoratni kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

O‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi va nazoratni susaytirganligi uchun gastroenterologiya bo‘limi katta hamshirasi va xo‘jalik bekasi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bo‘lim boshlig‘iga esa ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring