Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda yigit o‘zi bilan tanishmagan qizning yuziga shisha idish bilan urdi

Qashqadaryoda yigit o‘zi bilan tanishmagan qizning yuziga shisha idish bilan urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki yigit qizlar bilan tanishishga uringani, rad javobini olgach, ulardan biri qizlardan birining yuziga shisha idish uloqtirgani va qiz jiddiy jarohat olgani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Kitob tumani, «Guliston» MFYda yashovchi fuqaro R.D tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi «Karavan» nomli oshxonada o‘tirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh fuqaro R.D va uning tanishlari o‘tirgan oshxona stoliga kelib o‘tirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun mo‘ljallangan shisha idishni otgan.

Natijada shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda bo‘yin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring