Qashqadaryoda sportchi o‘ldirib ketildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda sport ustasi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilganligi haqida videoxabar tarqalgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter