Qashqadaryoda noxush YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 6-may kuni soat 18:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, A.Temur ko‘chasida joylashgan «GANGA» savdo do‘koni ro‘parasida, haydovchi 1994-y.t. B.N. «Kobalt» rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyoda 1997-y.t. Y.B.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada piyoda 23 yoshli Y.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter