Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ham «Dok-1 Maks» siropidan o‘lim qayd etildi

Qashqadaryoda ham «Dok-1 Maks» siropidan o‘lim qayd etildi

Foto: Xabar.uz

Dehqonobod tumanida yashovchi, 2021-yilda tug‘ilgan X.Sh 5 kun davomida o‘z turar joyida «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilib kelib, sog‘ligi yomonlashganligi sababli 27 dekabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga olib kelingan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bola 28-dekabr kuni vafot etgan. 

Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur dori oqibatida Samarqandda 18 nafar bola vafot etgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring