Qashqadaryo yoshlari uchun xushxabar e’lon qilindi
Qashqadaryoda 2023 yildan boshlab «Xorijiy til bilan IT ga yo‘l» viloyat hokimi granti tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimining qarori e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, tadbir 2023 yilning aprel oyida viloyat hokimligi, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi, oliy ta’lim muassasalari, Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi va IT Park mas’ullari tomonidan o‘tkaziladi.
Tadbirda ishtirok etuvchilar 15-21 yosh oralig‘ida hamda ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishlari lozim.
Viloyat miqyosida 500 nafar yigit-qiz maxsus test sinovlari orqali aniqlab olinadi. Tadbirda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va ijtimoiy reyestrga kirgan oilalar farzandlariga alohida imtiyoz beriladi.
Tadbir g‘oliblariga 6 oy davomida o‘quv kurslarida ingliz tilini o‘rganish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucherlar taqdim etiladi.
Tadbir viloyat mahalliy budjetida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi va 900,0 mln. so‘m mablag‘ tadbir doirasida tuman va shahar hokimliklariga o‘tkazib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter