«Muxbir viloyat hokimiyatiga suhbatga chaqirilgan» — IIV matbuot kotibi
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha xabarlarni yorituvchi «Nasafnews» nashri bosh muharriri IIV xodimlari tomonidan majburan olib ketishga urinilgani aytilmoqda.
«Sayt muxbirlari ishlayotgan ofisga IIV va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasida ishlashini aytgan xodimlar bostirib keldi. Xodimlardan biri sayt bosh muharririni majburiy tartibda olib ketishga harakat qildi.
Xodimlar qo‘lida hech qanday asos va chaqiruv xati yo‘q», deya yozadi sayt vakili Dilshod Nabiyev.
Muxbir bu sayt xodimlariga qilingan birinchi bosim emasligini qayd etadi.
Ayni paytda IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ham vaziyatga izoh berib o‘tgan:
«Sayt muxbiri viloyat hokimiyatiga suhbatga taklif etilgan xolos».
IIV rasmiy vakili muxbir nima sababdan hokimiyatga suhbatga chaqirilganiga izoh bermagan.
Muxbir esa bu voqeaga viloyat hokimligining aloqasi yo‘qligini, IIV chaqiruvi uchun viloyat hokimligini ayblamaslikni so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter