Qarshidagi noxush holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Holat bo‘yicha YHXBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 12:05 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan «Gulchehra» go‘zallik saloni ro‘parasida haydovchi J.Sh. «Lacetti» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro Sh.X.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda Sh.X. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter