Qarshida dekan talabalarni o‘qishdan haydash bilan qo‘rqitib, pora olayotganda qo‘lga tushdi
![Qarshida dekan talabalarni o‘qishdan haydash bilan qo‘rqitib, pora olayotganda qo‘lga tushdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3289719434.jpg)
Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti dekani X.A. 4-kurs talabalari O.A. va Q.M.larni institut talabasi safidan chiqarish bilan qo‘rqitib, ularning har biridan 200 AQSh dollari talab qilib, jami 400 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter