Qarshi tumanidagi 4 kishi qurbon bo‘lgan mudhish YTH tafsilotlari ochiqlandi

Qashqadaryo viloyatidagi ayanchli YTHda to‘rt kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 19-mart kuni Mirishkor tumani, Jenov qishlog‘ida yashovchi N.D. boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» avtomashinasi bilan «Qarshi-Beshkent-Kasbi-Koson 4R90» yo‘nalishida harakatlanib kelib, Qarshi tumani Shirkent qishlog‘i yo‘lining 20 kmda, shu yo‘nalishida fuqaro R.Z. boshqarib ketayotgan «Neksiya-3» avtomashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Mazkur avtomashinaning chap tomoniga to‘qnashib, yo‘lning o‘ng chet pasti qismidagi daraxtlariga borib urilib, yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada «Lasetti» avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan R.F, R.S, R.F. va E.R.lar tan jarohati olib, vafot etgan.
«Neksiya-3» avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi J.M va «Lasetti» avtomashinasi haydovchisi D.N.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodikesning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter