Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanday qilib sotuv ofisiga bormasdan Wi-Fi Internetga ulanish mumkin?

Qanday qilib sotuv ofisiga bormasdan Wi-Fi Internetga ulanish mumkin?

UZTELECOM’dan abonentlarga yana bir qulaylik!

Endi siz simli Internet xizmatlariga ulanish uchun sotuv ofisiga ortiqcha vaqt sarflamaysiz.

Milliy operator tomonidan yo‘lga qo‘yilgan 1090 qisqa raqami bilan endi barchasi qulay va yanada osonlashadi.

Ya’ni ushbu qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qiling va Kompaniya xizmatlariga ulanish uchun ariza qoldiring. Barchasi tez va oson bo‘lishiga o‘zingiz guvoh bo‘ling!

Milliy operator shuningdek, xizmatlarni boshqarish, tarif rejangizni almashtirish, hisobraqamingizdagi mavjud mablag‘ni tekshirish bo‘yicha ham qulay yechim taklif etadi.

Bu borada UZTELECOM’ning Telegram boti mushkulingizni oson qiladi. Ushbu bot orqali siz o‘z xizmatlaringizni qulay boshqarishingiz, xizmatlar yuzasidan qoldirilgan arizalar holatini tekshirishingiz, Kompaniya yangiliklari va aksiyalaridan boxabar bo‘lishingiz mumkin.

Bu ham hammasi emas. Mazkur bot orqali simli xizmatlarga ulanish uchun ariza ham qoldirishingiz mumkin.

Ushbu xizmatlardan unumli foydalanib, milliy operator bilan doimo birga bo‘ling!

UZTELECOM Sizlar uchun eng yaxshilarini ilinadi.

UZTELECOM – Milliy operator.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring