Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qalbaki taqinchoq sotib olib, chuv tushgan ayolning huquqi tiklandi

Qalbaki taqinchoq sotib olib, chuv tushgan ayolning huquqi tiklandi

Foto:«Darakchi.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro Dilnoza Safarovadan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasi orqali qilingan murojaat kelib tushdi.

Odatda brilliant qimmatbaho taqinchoqlar hamisha ham haqiqiy bo‘lib chiqmaydi. Sababi ayrim qo‘shtirnoq ichidagi zargar yoki tadbirkorlar mo‘may pul topish maqsadida, iste’molchilarni chuv tushirish orqali soxta brilliant taqinchoqlarni sotishdan ham tap tortishmaydi. G‘ijduvon tumanida ana shunday holat kayd etilgan.

Safarova G‘ijduvon tuman tilla taqinchoqlar bozori rastasidan 4 200 000 sumga brilliant ko‘zli uzuk sotib oladi. Uni uyiga olib borganda ne ko‘z bilan ko‘rsakim, ushbu brilliant ko‘zli taqinchoq soxta bo‘lib chiqadi. Sotuvchiga murojaat qilganida, u taqinchoq soxta ekanligini tan olmaydi va pulni qaytarib bermasligini aytadi.

Vaziyat Federatsiya mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, iste’molchi chindan haq ekanligi uzuk soxta ekanligi aniqlanadi. Iste’molchi Dilnoza Safarovaning 4 200 000 so‘m puli to‘liq qaytarib olib berildi va tadbirkorga nisbatan qonun doisrasida tegishli dalolatnoma xujjatlari rasmiylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring