Qahramonmarashda yana zilzila sodir bo‘ldi
Turkiyaning Qahramonmarash shahri Pazarjik tumanida magnitudasi 5 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) bayonot berdi.
Hodisa oqibatlari haqida xabarlar kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgandi. «Asr falokati» deya ta’riflangan tabiiy ofat oqibatida birgina Qahramonmarashning o‘zida qurbonlar soni 12 500 nafarni tashkil qilgan, shaharda yashovchi 1,17 million aholining 25 foizi bir kunda uy-joyidan ayrilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter