Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qabristondagi savdoga chek qo‘yildi

Qabristondagi savdoga chek qo‘yildi

Foto: «IIV»

2020-yilning 16-iyul kuni Termiz shahridagi qabristonlarning birida giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

O‘sha kuni taxminan soat 18:30 da Termiz shahrining «A.Jomiy» mahallasida yashovchi A.Sh. shahar hududidagi qabristonlarning birida mijozga giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. «Gashish» giyohvandlik moddasining sof vazni 0,49 gramm chiqqan. Uni 500 000 (besh yuz ming) so‘mga pullamoqchi bo‘lgan. Pul va giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

17-iyul kuni A.Sh.ga  nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring