Putinning «yo‘qolib qolgan» generali masjidda ko‘rinish berdi
Vagnerchi Yevgeniy Prigojin isyonidan keyin yo‘qolib qolgan rossiyalik general Sergey Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi.
Bu haqda «Kommersant» harbiy rahbarga yaqin manbaga asoslanib xabar berdi.
Generalning fotosuratlari Oran shahridagi Abdulhamid Ben Badis masjidi akkauntida ham paydo bo‘ldi, bu «yuqori darajadagi Rossiya delegatsiyasi» tashrifiga ishora qiladi.
Gazetaning yozishicha, Surovikin u yerda Mudofaa vazirligi delegatsiyasi bilan bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Surovikin Prigojin bilan yaqinlikda ayblangan va 24 iyundan keyin yo‘qolib qolgandi. Avgust oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan Surovikin Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter