Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bashar Asadning jallodi Suriyada qo‘lga olindi

Bashar Asadning jallodi Suriyada qo‘lga olindi

Foto: BILD

Suriya yangi hukumatining xavfsizlik kuchlari general Muhammad Kanjo Hasanni qo‘lga tushirdi, deb xabar berdi BILD nashri.

Mahkumlar qiynoqqa solinib, ommaviy qatl etilishi bilan tanilgan mash’um Said Nayo qamoqxonasida ko‘plab o‘lim hukmlari bevosita general Hasan tomonidan chiqarilgani aytilmoqda.

Hasanni qo‘lga tushirish amaliyotida 17 kishi halok bo‘ldi, shundan uch nafari sobiq tuzum, 14 nafari yangi hukumat odamlari bo‘lgan.

Prezident Bashar Asad davrida general Hasan Suriya mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi harbiy sud tizimi direktori lavozimida ishlagan. Ta’kidlanishicha, xizmat mavqeidan foydalanib, mahkumlarning oila a’zolaridan pul undirib, katta boylik to‘plagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring