Putinning rejasi qanday? Maxsus operatsiya shtab-kvartirasida katta yig‘ilish

Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus operatsiya shtab-kvartirasida Ukrainadagi harbiy harakatlarning borishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda TACC xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti maxsus operatsiya shtab-kvartirasiga tashrifi chog‘ida harbiy rahbarlarning qisqa va o‘rta muddatli harakatlar rejalari bo‘yicha takliflarini eshitdi.
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, juma kuni Putin butun kunni u yerda o‘tkazgan. Shtab-kvartira aynan qayerda joylashganiga Kreml aniqlik kiritmadi.
Tadbirlarda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ishtirok etdi.
Amerikadagi urushni o‘rganish institutining tahliliga ko‘ra, Kreml Ukraina va uning ittifoqchilarini urush boshi berk ko‘chaga kirib qolganiga ishontirishga harakat qilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter