Putinning kursdoshi muhim mansabni egalladi
Rossiyada senatorlar prezident Putinning kursdoshini Oliy sud rahbari etib tayinladilar.
Rossiya Federatsiya Kengashi Irina Podnosovani Rossiya Oliy sudi raisi lavozimiga tayinlash uchun ovoz berdi.
Ushbu lavozimga tanlov 1989-yildan beri sudni boshqargan Vyacheslav Lebedev (o‘sha paytda u RSFSR Oliy sudi edi) shu yilning 23-fevralida vafot etganidan keyin 1 mart kuni e’lon qilingandi.
71 yoshli Podnosova Oliy sudning Iqtisodiy nizolar bo‘yicha sud kollegiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Podnosova 1975-yilda Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetini Vladimir Putin bilan birga tamomlagan. Rossiya Oliy sudiga o‘tishdan oldin u Leningrad viloyat sudi va umumiy yurisdiksiyaning ikkinchi apellyasiya sudini boshqargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter