Igor Putin 230 milliard dollarni «yuvishda» gumon qilinyapti
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning amakivachchasi Igor Putin tarixdagi eng yirik pul o‘zlashtirish bo‘yicha sxema ishtirokchisi sifatida gumon qilinyapti. Bu haqda «CBS»ga bankning sobiq menejeri Govard Uilkinson ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Daniyadagi eng yirik bank — «Danske Bank»ning Estoniyadagi filiali orqali 230 mlrd. dollar «yuvib» yuborilgan.
Uilkinsonning aytishicha, bankning eston bo‘linmasi orqali har kuni 20 million dollargacha pul o‘tkazilgan. Pulni go‘yoki Londonda ro‘yxatga olingan «Lantana Trade» firmasi o‘tkazgan. Holbuki, Britaniya hukumati saytida bu firma «tinch holatda turibdi» deb ko‘rsatilgan...
Shubhali operatsiyalarni aniqlagan Uilkinson bankning to‘rt yuqori lavozimlari rahbariga ma’lum qilgan. Ammo ulardan javob bo‘lmagach, menejer ishdan bo‘shab Britaniyaga qaytgan.
Bu yerdagi muammolardan biri shubhali sxemada RF prezidenti Putining qarindoshi ham qatnashishi edi.
«Aftidan bu Rossiya prezidentining amakivachchasi Igor Putin edi. Shuningdek, izlar KGBning davomchisi FSBga olib borardi. Bu xuddi maxfiy politsiyaga o‘xshaydi. Kompaniyani boshqarayotgan kishilar Rossiyadagi bankrotga uchragan bir nechta banklar bilan aloqador edi», — dedi Uilkinson.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter