Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinga Ukrainaning zarbasi haqida ma’lumot berildi

Putinga Ukrainaning zarbasi haqida ma’lumot berildi

Vladimir Putinga Ukraina qurolli kuchlarining Belgoroddagi turar-joy massivlariga hujumi haqida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Kreml sayti.

«Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko boshchiligidagi guruh, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi guruhi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Belgorodga uchib ketdi», — deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarba oqibatida o‘n kishi, jumladan, bir bola halok bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan. «TASS»ning favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berishicha, shaharda 40 ga yaqin fuqarolik ob’yekti zarar ko‘rgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring