Putin va Kim Chen In yakkama-yakka uchrashishi kutilmoqda
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yakkama-yakka uchrashishi mumkin. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar allaqachon rejalashtirilgan. Ular yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, aniq sana noma’lumligicha qolmoqda.
Tashrif chog‘ida delegatsiyalar o‘rtasida muzokaralar, kerak bo‘lsa, yakkama-yakka uchrashuv bo‘lib o‘tadi, dedi Peskov.
Ko‘pgina G‘arb nashrlariga ko‘ra, Putin va Kim Chen In uchrashuvida Rossiya tomoni KXDRdan qurol-yarog‘ olishi kutilmoqda. Bu qurollar Rossiyaga Ukraina urushini cho‘zishda yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreyada bo‘lib, Kim Chen In bilan uchrashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter