Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Erdo‘g‘on qachon va qayerda uchrashishi ma’lum qilindi

Putin va Erdo‘g‘on qachon va qayerda uchrashishi ma’lum qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi uchrashuv 4 sentyabr kuni Sochi shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Dmitriy Peskov jurnalistlarning savoliga javob berarkan ekan, davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv 4 sentyabr kuni Sochi shahrida bo‘lib o‘tishini aytgan.

Turkiyadagi hukmron partiyaning rasmiy vakili Omer Chelik Turkiya rahbari yaqin orada Sochiga tashrif buyurishini tasdiqladi.

Bundan tashqari, Turkiyaning Habertürk telekanali seshanba kuni prezidentlar o‘rtasidagi muzokaralar Sochida 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi haqida xabar berdi.

Avvalroq, Erdo‘g‘onning Rossiyaga tashrifi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti oldidan bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring