Putin Ramzan Qodirovni yangi unvon bilan taqdirladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Milliy gvardiyasi general-leytenanti unvonini oldi.
Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Bu haqda Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov ma’lum qildi.
«Checheniston Respublikasi rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzan Axmatovich Qodirovni Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinning farmoni bilan general-leytenant harbiy unvoni berilgani bilan chin qalbimdan tabriklayman», deya yozgan Daudov o‘z Telegram kanalida.
Ramzan Qodirovga 2009-yilda Dmitriy Medvedev general-mayor unvonini bergan, ammo u harbiy emas, maxsus unvon bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov ayni damda Ukrainaning Mariupol shahrida bo‘lib turgani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, u jang maydoniga «askarlar ruhini ko‘tarish» maqsadida kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter