Putin qurolli kuchlar sonini oshirish bo‘yicha farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023-yildan boshlab Rossiya qurolli kuchlari sonini 1,9 milliondan 2,04 millionga oshirish bo‘yicha farmonni imzoladi.
Farmon Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishidan olti oy o‘tgach imzolangan. Hujjatda farmonning imzolanish sababi keltirilmagan.
U «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq imzolangan.
Farmonga ko‘ra, harbiy xizmatchilar soni 1 million 150 ming nafarni, qolganlari esa fuqarolik xodimlarini tashkil etadi.
Bungacha Putin qurolli kuchlar sonini 2017 yilning noyabrida belgilagan edi - 1 million 902 ming 758 kishi (shundan 1 million 13 ming 628 nafari harbiy xizmatchilar).
Yanvar oyidan boshlab umumiy xizmatchilar soni 2 million 39 ming 758 kishi bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda Ukrainadagi harbiy harakatlarda Rossiya askarlar miqdori bo‘yicha qiyinchilikka uchrayotgani aytiladi. Lekin mamlakatda hali mobilizatsiya e’lon qilingani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter