Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin ogohlantirildi: u yig‘ilishga borsa qamaladi

Putin ogohlantirildi: u yig‘ilishga borsa qamaladi

Janubiy Afrika hukumati Putindan sammitga shaxsan kelmaslikni so‘ramoqda.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Janubiy Afrika hukumati Vladimir Putindan avgust oyida bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida videoaloqa orqali qatnashishini so‘ramoqda.

Nashrning qayd etishicha, sammit mezboni tadbirda bir qator taklif etilgan shaxslar, jumladan, Putinning ham ishtirokini videoaloqa orqali tashkil etishni taklif qilmoqda. Ta’kidlanishicha, formatni o‘zgartirishga Xalqaro jinoiy sudning Putinni hibsga olish haqidagi orderi sabab bo‘lgan. Qoidaga ko‘ra, Putin Janubiy Afrikada shaxsan bo‘lgan taqdirda mahalliy hokimiyat organlari uni hibsga olishlari kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring