Putin harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiyaga kuzgi chaqiruvni boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Kuzgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv 1-oktyabrdan 31-dekabrga qadar Rossiyaning barcha hududlarida, shuningdek, Ukrainaning qisman bosib olingan hududlari va anneksiya qilingan Qrimda bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili harbiy xizmatga chaqiruv kampaniyasi kechroq boshlangan, chunki Putin qisman safarbarlik e’lon qilgandi. Juma kuni yangi safarbarlik bo‘lmasligi ma’lum qilindi.
Kuzda Rossiyada 130 ming kishini harbiy xizmatga chaqirishni rejalashtirmoqda. Shartnomalar tuzilgandan so‘ng, harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni Ukrainaga jangga jo‘natish mumkin bo‘ladi.
Bu kuzda chaqiruv yoshi avvalgidek qoladi - 18 yoshdan 27 yoshgacha. Kelgusi kuzda, navbatdagi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv boshlanganda u 30 yoshga (pastki chegara 18 yoshda qolgan holda) oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainadagi urushda katta yo‘qotishlarga uchrayotgani aytiladi. AQSh ravedkasi ma’lumotiga ko‘ra, ruslar urushda kamida 120 ming kishi yo‘qotgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter