Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Propiska» butunlay bekor qilinadimi?

«Propiska» butunlay bekor qilinadimi?

Foto: «Uzreport»

O‘zA muxbirining O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fyqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqapmaci boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxo‘jayevga «Propiska» butunlay bekor qilinadimi?», degan savoliga quyidagicha javob berdi:

– «Propiska» haqiqatan dolzarb masala bo‘lib turibdi. Davlat dasturi loyihasida belgilanganidek bu borada fuqarolarga zarur qulayliklar yaratiladi. Lekin «propiska»ni butunlay bekor qilolmaymiz. Bunga alohida tayyorgarlik zarur. Barcha hududlarning birdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi bir kun kelib bunga o‘z-o‘zidan zamin yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasida fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlari ta’minlanishi kutilyapti.

Xususan, loyihalarda vaqtincha yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bog‘liq amaliyotga barham beriladi. Mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligi bekor qilinadi. Shuningdek, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy jazo choralarini yengillashtirish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimi soddalashtiriladi, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabi bekor qilinadi.

Pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlar bartaraf qilinadi.

Ushbu hujjatga mas’ul etib Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring