Prokuratura majburiy mehnatga qarshi keskin choralar ko‘radi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘qituvchi, shifokor va talabalarni obodonlashtirish va yig‘im-terim ishlariga majburiy jalb qilinishiga qarshi qaratilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbirining xabar berishicha, yig‘ilishni olib borgan bosh vazir Abdulla Aripov mehnatga majburlash holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan prokuratura keskin choralar ko‘rishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilganini alohida qayd etish kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter