Prokuratura departamenti «prava» sabab bir necha shaxsni ushladi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar A.K. va D.B. fuqaro F.T.ga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlardan o‘tkazib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «F.S.» MChJga qarashli avtomaktab amaliy mashg‘ulot ustasi A.S. fuqaro N.B.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter