Prezidentning topshirig‘i bajarildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar tomonidan Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani markazida yangi kutubxona qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusdan biri ham bevosita mazkur masalaga daxldorligi bilan ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Dang‘ara tumani aholisi, ayniqsa, yoshlarga zamonaviy qulayliklarga ega kutubxona qurilishi topshirig‘ini bergan edi. Qisqa muddat ichida Dang‘ara tuman markazida ushbu muhtasham ma’rifat va ma’naviyat maskani qad rostladi. Buning uchun qariyb 5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Kutubxona AKT vazirligi tomonidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur yangi bunyod etilgan axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy kompyuter va jihozlar bilan ta’minlangan. 20 mingdan ortiq kitob fondiga ega bu maskan dang‘araliklar uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter